Shavkat Mirziyoyev Turkiya TIV, IIV rahbari va milliy razvedka xizmati direktori bilan uchrashadi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Nukus shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida yer bozori shakllanishi ta’sirida yangi investitsiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi.

Tadbirkor yerga buncha katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablag‘i yetmay qolyapti.

Qayd etilishicha, endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa o‘n yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. Endi tadbirkorlar darhol to‘lov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.

Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni o‘zi sotib olishi mumkin. Bu orqali shu yilning o‘zida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion so‘m qoladi.